ISHTIXON TUMAN HOKIMI SHUHRAT NEGMATOV HOKIM YORDAMCHILARINING FAOLIYATI BILAN TANISHDI
Mon, 24/01/2022 - 09:22Ishtixon tuman hokimi Shuhrat Negmatov “Safoxo’ja”, “Xalqobod”, "Ravot" hamda “Humo” mahalla fuqarolar yig’inlarida "hokim yordamchilari" vazifasida faoliyat olib borayotgan xodimlar bilan uchrashdi.
Dastavval, Sh.Negmatov “Safoxo’ja” MFYda hokim yordamchisi vazifasida faoliyatini boshlagan S.Toirovani mahalla aholisi va tadbirkorlarga tanishtirdi.
Ushbu jarayonda, Sh.Negmatov endigina tadbirkorlik faoliyatini boshlamoqchi bo’lgan fuqarolarning takliflarini tinglab, ularga amaliy yordam berish bo'yicha hokim yordamchisiga vazifalarni belgilab berdi.