ISHTIXON TUMAN HOKIMI SHUHRAT NEGMATOV HOKIM YORDAMCHILARINING FAOLIYATI BILAN TANISHDI

jpg jpeg gif png txt doc docx xls xlsx pdf ppt pptx pps ppsx odt ods odp mp3 mov mp4 m4a m4v mpeg avi ogg oga ogv weba webp webm

Ishtixon tuman hokimi Shuhrat Negmatov “Safoxo’ja”, “Xalqobod”, "Ravot" hamda “Humo” mahalla fuqarolar yig’inlarida "hokim yordamchilari" vazifasida faoliyat olib borayotgan xodimlar bilan uchrashdi.

Dastavval, Sh.Negmatov “Safoxo’ja” MFYda hokim yordamchisi vazifasida faoliyatini boshlagan S.Toirovani mahalla aholisi va tadbirkorlarga tanishtirdi.

 Ushbu jarayonda, Sh.Negmatov endigina tadbirkorlik faoliyatini boshlamoqchi bo’lgan fuqarolarning takliflarini tinglab, ularga amaliy yordam berish bo'yicha hokim yordamchisiga vazifalarni belgilab berdi.

Shundan so’ng,  Sh.Negmatov “Xalqobod” MFY tomon yo’l oldi, u yerda hokim yordamchisi lavozimida faoliyatini boshlagan I.Fozilov bilan uchrashib, bugungi kungacha amalga oshirilgan ishlar va kelgusidagi rejalar bilan birma bir tanishib chiqdi.

So’ngra, mahallaga o’rnatilishi lozim bo’lgan elektr tayanch ustunlari, ichki yo’llarga yotqizilishi kerak bo'lgan shag’al toshi, kam ta’minlangan va "yoshlar daftari"ga kiritilgan fuqarolarning muammolari bilan murojaat qilgan hokim yordamchisining talabi qondirilishi uchun Sh.Negmatov soha mutaxassislariga topshiriqlar berdi.

Shuningdek 1-sektor rahbari “Humo” MFYda  faoliyatini boshlagan hokim yordamchisi F.Yavqochov hamda "Ravot" MFYda faoliyatini boshlagan O.Kiramovlar bilan ham uchrashib, mahallada amalga oshirayotgan ishlar, kambag’allikni qisqartirish va tadbirkorlikka qaratilgan rejalari bilan alohida tanishib chiqdi. Ushbu mahallalarni har tomonlama rivojlantirish, tadbirkorlik sohasini kengaytirish bo'yicha o'zining takliflarini bildirdi.

Bir so’z bilan aytganda tumanimiz hokimi Sh.Negmatov o’zining bir kunini hokim yordamchilari bilan birgalikda, oddiy xalqning xolidan xabar olish va ularning og’irini yengil qilish, ularni rozi qilish yo’lidagi masalalarga safarbar etdi.

Ishtixon tuman hokimligi axborot xizmati

2015-2024 © Иштихон туман ҳокимлиги. Сайт яратувчиси: SAKTRM