AYOL OJIZA EMAS MO'JIZA
Mon, 23/08/2021 - 17:38Tuni bilan yig'lamoqdan tamom bo`lib, ertasi kuni hech narsa bo'lmaganday kunni davom ettiradigan mavjudotga ayol deyiladi...
Elif Safak.
Ayol zoti qiziq yaralgan. Unga tushunish qiyin. Uni xafa qilsangiz ham yig'laydi, sizni xafa qilsa ham yig'laydi. Ayolni ojiza deyishadi. Yo'q, aslida ojiza emas. Ayol mo'jizadir. Ammo, barcha ham o'z mo'jizasining qadriga yetmaydi, hatto mo'jiza ekanligini anglab yeta olmaydi. Ayol uni tushuna oladigan va seva oladigan bir suyanchiq istaydi xolos. Ayol uchun mehr va muhabbat, e'tibordan ortiq baxt yo'q aslida.