AYOL OJIZA EMAS MO'JIZA

jpg jpeg gif png txt doc docx xls xlsx pdf ppt pptx pps ppsx odt ods odp mp3 mov mp4 m4a m4v mpeg avi ogg oga ogv weba webp webm

Tuni bilan yig'lamoqdan tamom bo`lib, ertasi kuni hech narsa bo'lmaganday kunni davom ettiradigan mavjudotga ayol deyiladi...

Elif Safak.

 

Ayol zoti qiziq yaralgan. Unga tushunish qiyin. Uni xafa qilsangiz ham yig'laydi, sizni xafa qilsa ham yig'laydi. Ayolni ojiza deyishadi. Yo'q, aslida ojiza emas. Ayol mo'jizadir. Ammo, barcha ham o'z mo'jizasining qadriga yetmaydi, hatto mo'jiza ekanligini anglab yeta olmaydi. Ayol uni tushuna oladigan va seva oladigan bir suyanchiq istaydi xolos. Ayol uchun mehr va muhabbat, e'tibordan ortiq baxt yo'q aslida.

Erkaklarga qaraganda ayollar kuchliroq bo'ladi. Ular o'z dardlarini chiroyli tabassumlari ortiga yashiradilar. Agar ayollar biz o'ylaganchalik zaif bo'lganlarida Yaratgan unga bolalarni tarbiya- lashdek vazifani ishonib topshirmagan bo'lar edi.

Hayot turli mashaqqat va sinovlarga boy. Ayol esa bunday sinovlar qarshisida sabri ila yashayveradi. Ba`zida ayollar uchun pul va boylik, oltin va zardan boshqasi kerak emas deya nolishadi. Yo'q-yo'q menimcha bu xato. Ayol kishi qalbi ila yashaydi unga e'tiboringizdan ortiqroq sovg'a yo'q.

Faqat inson emas, hatto jonzotlar ham mehr deya yashaydi. Bir mo'jizangizga e'tibor berib ko'ring undan baxtli insonni ko`rmaysiz. Ayollar bir vaqtning o'zida ona, opa-singil va suyukli yordirlar. Ayol bir o'zini emas sizni, oilangizni, farzandlarini deya hayot kechiradi. O'zini, o'zligini unutib sizni deya yashaydi. Ayol hamisha mehr timsoli, bir vaqtning o'zida mehr beruvchi va sizdan mehr kutuvchi hamdir. Ayol bir ne'mat aslida. O'z ne'matimizni qadrlashimiz kerak.

Ayol zoti yaralibdiki mehr timsolidir. U qalbi ila yashaydi, butun hayoti ko'ngil olamida kechadi, yashashi uchun esa sevilishi shart. O'z sevganlari uchun qurbon bo'lishga ham tayyordir. Darhaqiqat eng arzon narsalar ham e'tibor va mehr emasmi aslida? Nega biz o'z mo'jiza- larimizdan bunday qimmatli sovg'alarni qizg'onamiz?

Chunki yorug' dunyo-ga kelibmizki onamizning muhabbatini his qilib yashaymiz. Ular haqida qancha gapirsak ham kam. Ayollar dengizdagi marjondek qimmatbaho xazinadir. Ayollarni sevish ojizlik emas, chin insoniylikdir.

Sizga hayot baxsh etgan onalar esa bebahodirlar. Ayolning sabri tog`lardan ham kuchli, ular o'z og'riqlarini yashiradi, kulgusi ila dunyoni quyoshdek charog'on qilib turadi!

 

Marjona SHOHIMARDONOVA,

O'zbekiston Davlat Jahon tillari universiteti talabasi.

2015-2024 © Иштихон туман ҳокимлиги. Сайт яратувчиси: SAKTRM