Aholini ro‘yxatga olish: sinov natijalari nimani ko‘rsatdi?
Tue, 01/02/2022 - 19:05Ma’lumki, mamlakatimizda 2023 yilda aholini ro‘yxatga olish tadbiri o‘tkaziladi. Vazirlar Mahkamasining 2020 yil 11- noyabrdagi qaroriga asosan, mazkur tadbirga tayyorgarlik ko‘rish sifatini ta’minlash, uning tashkiliy va uslubiy jihatlari, dasturiy-texnik ta’minoti va ma’lumotlarni qayta ishlash texnologik jarayonlari hozirligini aniqlash maqsadida, 2021 yil 1-25 noyabr kunlari respublikamizning 4 ta hududida sinov tariqasida aholi ro‘yxatga olindi.