Вилоят соғлиқни сақлаш бошқармаси фуқароларда коронавирус белгилари пайдо бўлганда зудлик билан қаерга мурожаат қилиш кераклигини маълум қилди
Mon, 10/01/2022 - 18:18Koronavirus belgilari sezilgan taqdirda fuqarolar hududiy oilaviy poliklinikalarga murojaat qilishlari mumkin.
Shuningdek, Samarqand shahar sanitariya-epidemiologiya osoyishtalik va jamoat salomatligi bo‘limi, shahar tibbiyot birlashmasi ko‘p tarmoqli markaziy poliklinikasi, shahar 2-son, 4-son, 12-son oilaviy poliklinikalarida koronavirus infeksiyasiga laborator tahlillar qabul qilinadi. Bu haqda viloyat sog‘liqni saqlash boshqarmasi Zarnews.uz’ga xabar berdi.
Bundan tashqari, tez tibbiy yordam (103)ga ham qo‘ng‘iroq qilish mumkin.