Тиббий хизмат компьютерлашмоқда - зарур шифокорларни топишнинг осон ва тез усули

jpg jpeg gif png txt doc docx xls xlsx pdf ppt pptx pps ppsx odt ods odp mp3 mov mp4 m4a m4v mpeg avi ogg oga ogv weba webp webm

Har kuni hayotimizda turli xil vaziyatlarga duch kelamiz. Ayniqsa, hozirgi raqamli texnologiyalar rivojlangan, vaqt juda tezlik bilan o‘tayotgan bir paytda asabiylik, ruhiy zo‘riqish, charchoq yoki diqqatning ortiqchaligi kishini holdan toydiradi. Ana shu holatlarning surunkali davom etishi esa turli xastaliklarning boshlanishiga sabab bo‘ladi.

Statistika ma’lumotlariga qaraganda, hozirgi kunda eng ko‘p uchrayotgan kasalliklarning aksariyati asab tizimi bilan bog‘liq ekan. Bunday kasalliklarning ko‘pchiligi asablarning zo‘riqishi sababli kelib chiqmoqda. Hatto kichik yoshdagi bolalarda ham turli xil asab kasalliklari uchrab turgani kishini o‘ylantiradi. Bunday vaziyatda esa, albatta, malakali shifokor nevropatologlarga ehtiyoj ortadi.

Shunday vaziyatlar bo‘ladiki, o‘zimiz tanigan, doimiy ko‘rikdan o‘tib turadigan shifokorlarimizni muayyan sabablarga ko‘ra topolmay qolamiz, natijada boshqa mutaxassis qidirishimizga to‘g‘ri keladi. Aholi uchun qulaylik yaratish maqsadida 2019 yilda med24.uz sayti ishga tushdi.

Mazkur portal orqali Toshkent shahridagi tibbiy muassasalar, shifokorlar va tibbiy xizmatlar to‘g‘risida barcha kerakli ma’lumotlarini qidirish imkoniyati mavjud. Shuningdek, saytda muntazam ravishda arzon sharoitlarda davolanish uchun tibbiy muassasalarda o‘tkazilayotgan aksiyalar haqida yangiliklar, go‘zallik va salomatlik haqida foydali ma’lumotlar, kasalliklar haqida bilimlar ham yoritib boriladi.

Portalning yana bir qulay tomoni telegram-botning ham muvjudligidadir. Bot orqali siz Toshkent shahridagi istalgan tibbiyot muassasidagi shifokor ko‘rigiga real vaqtda yozilishingiz mumkin.

2015-2024 © Иштихон туман ҳокимлиги. Сайт яратувчиси: SAKTRM