Ustoz, sizdan xafaman yohud ta'lim sifati kimga bog'liq?
Mon, 17/01/2022 - 17:52Tumanimizda 2021 yilda umumta`lim maktablarini 3768 nafar o`quvchi tamomlagan bo’lsa, ulardan bor yo’g’i 845 nafari talabalikka tavsiya etildi. Viloyat bo`yicha umumta`lim maktablari bitiruvchilarining oliy ta`lim muassasalariga qabul qilinishi reytingida Ishtixon tumani 9-o`rinni egalladi. Bu ko’rsatkichni o’rtamiyona deydigan bo`lsak, 2020 - o`quv yilida tumanimiz oliy ta`lim muassasalariga o`qishga kirish ko`rsatkichlari bo`yicha viloyatda 6-o`rinni egallagan edi. Demak, ko’rsatgich sezilarli darajada pasaygan. Ya’ni 3 pog’onaga.