ISHTIXON TUMAN HOKIMINING QUTLOVI HARBIYLARGA YETKAZILDI
Fri, 14/01/2022 - 12:36ISHTIXON TUMAN HOKIMINING QUTLOVI HARBIYLARGA YETKAZILDI
El-yurtning osoyishtaligi va tinchligi uchun sarhadsiz chegaralarimizni qo’riqlab, o’z qasamyodiga sodiq holda xizmat burchini ado etayotgan harbiylarimizga “14 – yanvar vatan himoyachilari kuni” munosabati bilan ko’plab tabrik va sovg’alar yo’llanmoqda.
Shu munosabat bilan Ishtixon tuman hokimi o’rinbosari O.Tojixonov Samarqand shahrida joylashgan O’zbekiston Respublikasi Mudofaa Vazirligi Markaziy harbiy okrugining 13060-sonli sportchilar vzvodida bo’ldi.