BOSH MAQSADIMIZ - KORRUPSIYAGA QARSHI MUROSASIZ KURASH

jpg jpeg gif png txt doc docx xls xlsx pdf ppt pptx pps ppsx odt ods odp mp3 mov mp4 m4a m4v mpeg avi ogg oga ogv weba webp webm

Yaqinda jinoyat, fuqarolik va iqtisodiy ishlar boʼyicha Ishtixon tumanlararo sudi sudyalari tomonidan, tuman pedogogika kollejida, oʼqituvchilar va murabbiylar ishtirokida seminar bo’lib o’tdi.

Unda sudyalar quyidagi masalalar bo’yicha o’z fikrlarini bildirib, fuqarolarning savollariga javob berishdi. 

N.Umarov Ishtixon tumanlararo iqtisodiy sudi raisi:

- Oʼzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021 iyil 6 iyuldagi “Korrupsiyaga qarshi murosasiz munosabatda boʼlish muhitini yaratish, davlat va jamiyat boshqaruvida korrupsiyaviy omillarni keskin kamaytirish va bunda jamoatchilik ishtirokini kengaytirish chora tadbirlari toʼgʼrisida”gi Farmoni bilan tasdiqlangan Korrupsiyaga qarshi kurashish boʼyicha 2021-2022 yillarga moʼljallangan davlat dasturi haqida toʼxtalib, jamiyatning rivojlanishi, uning barqaror boʼlishida barchamiz maʼsul ekanligimizni aytib oʼtdi va farmonda koʼrsatilgan ayrim jihatlarga toʼxtaldi. 

Jumladan, mamlakat rivojlanishining bugungi bosqichida korrupsiya Oʼzbekiston davlati va jamiyati taraqqiyoti uchun eng jiddiy xavf-xatarlardan biri ekanligi qayd etdi.

Korrupsiya holatlarining har qanday koʼrinishlariga nisbatan murosasiz munosabatda boʼlish va unga qarshi ayovsiz kurashish barcha darajadagi davlat organlari rahbar va xodimlarining eng ustuvor vazifasi etib belgilandi.

Bosh prokuratura, Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi (keyingi oʼrinlarda — Аgentlik), Davlat xavfsizlik xizmati va Ichki ishlar vazirligi korrupsiyaning har qanday koʼrinishlariga nisbatan javobgarlik muqarrarligini taʼminlash uchun barcha kuch va vositalarni safarbar etadi.

Bundan tashqari Аgentlik tomonidan «Korrupsiyaga oid jinoyatlarni sodir etishda aybdor deb topilgan shaxslarning ochiq elektron reestri» yuritilishi taʼminlanishini aytib oʼtdi va Reestrga kiritilgan shaxslarga quyidagilar taqiqlanishini maʼlum qilindi:

  • davlat xizmatiga kirish va davlat mukofotlari bilan taqdirlanishi;
  • saylanadigan va alohida tartibda tayinlanadigan lavozimlarga nomzodlarining koʼrsatilishi;
  • davlat organlari huzuridagi jamoatchilik kengashlari hamda idoralararo kollegial organlarning aʼzosi boʼlish;

       -  ular tomonidan taʼsis etilgan va (yoki) ular ishtirokchisi hisoblangan tadbirkorlik subyektlari davlat xaridlarida va davlat-xususiy sheriklik toʼgʼrisidagi bitimda ishtirokchi (ijrochi) sifatida qatnashish, shuningdek, davlat aktivlarini xususiylashtirish bilan bogʼliq tender va tanlov savdolarida ishtirok etish;

                - davlat ulushi 50 foizdan yuqori boʼlgan tashkilotlar hamda davlat taʼlim muassasalarida rahbarlik lavozimlarida faoliyat yuritish, 2022 yil 1 yanvardan boshlab, davlat xizmatchilari, davlat ulushi 50 foizdan yuqori boʼlgan tashkilotlar, davlat korxonalari va muassasalari rahbarlari va oʼrinbosarlari, ularning turmush oʼrtogʼi va voyaga yetmagan farzandlarining daromadlari va mol-mulkini majburiy deklaratsiya qilish tizimi joriy etilganligini bildirdi.

F.Qarshiyev Ishtixon tumanlararo sudi raisi: 

- Oʼzbekiston Respublikasining “Korrupsiyaga qarshi kurashish toʼgʼrisida”gi qonuni 2016 yil 24 noyabrda Qonunchilik palatasi tomonidan qabul qilinganligini, qonunning asosiy maqsadi korrupsiyaga qarshi kurashish sohasidagi munosabatlarni tartibga solishdan iboratdir. Agar Oʼzbekiston Respublikasining xalqaro shartnomasida korrupsiyaga qarshi kurashish toʼgʼrisidagi qonun hujjatlarida nazarda tutilganidan boshqacha qoidalar belgilangan boʼlsa, xalqaro shartnoma qoidalari qoʼllanilishi hamda korrupsiya soʼzining maʼnosi- shaxsning oʼz mansab yoki xizmat mavqeidan shaxsiy manfaatlarini yoxud oʼzga shaxslarning manfaatlarini koʼzlab moddiy yoki nomoddiy naf olish maqsadida qonunga xilof ravishda foydalanishi, xuddi shuningdek bunday nafni qonunga xilof ravishda taqdim etish, Korrupsiyaga oid huquqbuzarlik- korrupsiya alomatlariga ega boʼlgan, sodir etganligi uchun qonun hujjatlarida javobgarlik nazarda tutilgan qilmish, manfaatlar toʼqnashuvi-shaxsiy (bevosita yoki bilvosita) manfaatdorlik shaxsning mansab yoki xizmat majburiyatlarini lozim darajada bajarishga taʼsir koʼrsatayotgan yohud taʼsir koʼrsatishi mumkin boʼlgan hamda shaxsiy manfaatdorlik bilan fuqarolarning, tashkilotlarning, jamiyatning yoki davlatning huquqlar va qonuniy manfaatlari oʼrtasida qarama-qarshilik yuzaga kelayotgan yoki yuzaga kelishi mumkin boʼlgan vaziyat ekanligi haqida batafsil tushinchalar berib oʼtdi.

 Bundan tashqari korrupsiyaga qarshi kurashish boʼyicha faoliyatni amalga oshiruvchi va unda ishtirok etuvchi organlar hamda tashkilotlarning faoliyatini muvofiqlashtirish uchun Korrupsiyaga qarshi kurashish boʼyicha respublika idoralararo komessiyasi tashkil etilishini, idoralararo komissiyasini shakllantirish va uning faoliyati tartibi Oʼzbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan belgilanishi toʼgʼrisida ham maʼlumot berib o’tdi. 

Navbatdagi masala, Oilaviy nizolarni oldini olish choralari haqida  Fuqarolik ishlari boʼyicha Ishtixon tumanlararo sudining raisi Z.Nurmatov soʼzga chiqib, oilaviy nizolarni oldini olish borasida olib borilayotgan ishlar yuzasidan batafsil maʼruza qildi. 

 Jinoyatchilikning oldini olish va huquqbuzarlikka qarshi kurashish choralari tadbirlari haqida jinoyat ishlari boʼyicha Ishtixon tuman sudining raisi K.Pansatov ma’lumot berib o’tdi.

K.Pansatov jinoyatchilikning oldini olish va huquqbuzarlikka qarshi kurashish choralari tadbirlari haqida tumanda amalga oshirilayotgan ishlar yuzasidan batafsil maʼruza qildi. 

Yigʼilish ishtirokchilari O.Baxriddinova, Sh.Tolbayeva, M.Mirzayeva, G.Oblaqulova va B.Ravshanovlar tomonidan oʼzlarini qiziqtirayotgan savollarga batafsil javob olishdi. Jumladan kredit munosabatlaridan kelib chiqayotgan nizolar, sud tizimida amalga oshirilgan soʼngi islohotlar, korrupsiyaga qarshi kurashishda sudlarni oʼrni va ahamiyati, shaxsni xaqorat qilish bilan bogʼlik maʼmuriy huquqbuzarliklar boʼyicha va oilalarni yarashtirish borasida sudlar tomonidan olib borilayotgan ishlar haqida batafsil javoblar olindi.

 

Shoxrux RAXMONOV,

Ishtixon tumanlararo iqtisodiy sudining arxivariusi.

2015-2024 © Иштихон туман ҳокимлиги. Сайт яратувчиси: SAKTRM