Avtomobil "aptechka"si haydovchi uchun ortiqcha dahmazami?!
Fri, 28/01/2022 - 17:20Tuman markaziga borish uchun taksiga o`tirdim. Chorrahaga yetganimizda biz o`tirgan avtomobilni Yo`l harakati havfsizligi xodimi to`xtatdi.
Haydovchi mashina hujjatlarini va avtoulovga o`rnatilgan gaz ballonining yaroqlilik talonini ko`rsatdi. Biroq shoshilinch tibbiy yordam qutisi yo`qligi ma`lum bo`ldi. Nazoratchi birinchi tibbiy yordam qutisi har bir avtomobilda bo`lishi shartligini uqtirib, hujjatlarni qaytardi.