Ishtixon tumanida ertadan "YASHIL MAKON" umummilliy loyihasining bahorgi mavsumiga start beriladi.
Ishtixon tumanida 2024-yil bahor mavsumida "YASHIL MAKON" umummilliy loyihasi asosida 699 ming tup har xil turdagi manzarali, mevali va buta ko‘chatlarini ekish rejalashtirilgan.
Ushbu "YASHIL MAKON" umummilliy loyiha asosida tumanimiz yashilligiga o‘z hissangizni qo‘shishga chorlab qolamiz.
Yurtimizning har qarich yeri oltinga teng. Uning go‘zal tabiati, musaffo havosi, ziloldek tiniq va shifobaxsh suvlari har qanday kishini o‘ziga maftun etadi.
Mana shunday betakror go‘zallikni asrab-avaylash, kelajak avlodga bus-butunligicha yetkazish har birimizning unutilmas burchimizdir.
——
ISHTIXON TUMANI HOKIMLIGI AXBOROT XIZMATI