Tuman hokimi Fazliddin Ruziyev va hokimlik mas’ullari bilan birgalikda Misrning "HASSAN ALLAM HOLDING" kompaniyasining MDH mintaqasida biznesni rivojlantirish direktori Hany Aly, "ENGINEERING EXPERINCE GROUP" kompaniyasining bosh menejeri Prof. Dr. Emad Elmolla hamda "COMFORT ENGINEERING GROUP" kompaniyasining loyihalarni amalga oshirish bo'yicha direktori Yevgeniy Nikolayevich ishtirok etgan uchrashuvda tuman markazi hamda Mitan shaharchasida markazlashgan kanalizatsiya tizimini joriy etish bo‘yicha bir qator loyihalar muhokama qilindi.
Shuningdek, muzokaralar davomida xorijiy investorlar bilan tumanning infratuzilmasini rivojlantirish maqsadida istiqbolli loyihalar ishlab chiqish va uni hayotga tatbiq qilish bo‘yicha fikrlar almashildi.
——
ISHTIXON TUMANI HOKIMLIGI AXBOROT XIZMATI