ISHTIXON TUMAN HOKIMI "YOSHLAR YETAKCHI"LARI BILAN UCHRASHDI

jpg jpeg gif png txt doc docx xls xlsx pdf ppt pptx pps ppsx odt ods odp mp3 mov mp4 m4a m4v mpeg avi ogg oga ogv weba webp webm

ISHTIXON TUMAN HOKIMI "YOSHLAR YETAKCHI"LARI BILAN UCHRASHDI

Joriy yilning 19-yanvar sanasida, muhtaram Prezidentimizning qaroriga asosan, har bir tuman va shaxarlardagi mahallalarda "Yoshlar yetakchisi" lavozimi joriy etilgan edi.   

Bugun tuman hokim, 1-sektor rahbari Shuhrat Negmatov tumandagi 62 ta mahallalarda yangi lavozimga tayinlangan "Yoshlar yetakchi"lari bilan bilan uchrashdi. 

Dastlab, Sh.Negmatov yetakchilarni ish faoliyati boshlanganligi bilan samimiy muborakbod etdi hamda ushbu lavozimning nizom va qonun - qoidalariga alohida to'xtalib, keng tushunchalar berdi.

Shundan so'ng, Sh.Negmatov har bir yetakchi bilan suhbat qilib mahallalarda yaratilgan sharoitlar haqida birma bir tanishdi, yetakchilar tomonidan so'ralgan, zaruriy jihozlar bilan  ta'minlanishi aytildi hamda 62 ta mahallada faoliyatini boshlagan har bir yetakchi uchun 1 donadan planshet berilishini bildirdi.

Ishtixon tuman hokimligi axborot xizmati

2015-2024 © Иштихон туман ҳокимлиги. Сайт яратувчиси: SAKTRM