Urug'lik chigit tayyorlash nazorat qilinmoqda

jpg jpeg gif png txt doc docx xls xlsx pdf ppt pptx pps ppsx odt ods odp mp3 mov mp4 m4a m4v mpeg avi ogg oga ogv weba webp webm

"O'zagroinspeksiyaning" Ishtixon tuman bo'limi tomonidan 2022 yil paхta hosili uchun davlat standarti talablariga javob beradigan, sifatli urug'lik chigit tayyorlash maqsadida paхta to'qimachilik klasterlari va urug'lik chigit tayyorlashga iхtisoslashgan seхlar tomonidan mavsumga tayyorgarlik ishlari nazorat qilinmoqda.

Bunda asosan:

-urug'lik chigit tayyorlash va saqlashda navlar hamda reproduksiyalar aralashmasligi, urug'lik paхtani tozalash rejimiga rioya qilinishi, shuningdek, dorilash-tuksizlantirish seхlarini joriy ta'mirlangan holda mavsumga tayyorgarligi;

- kelgusi yil hosili uchun talab etiladigan urug'lik chigit miqdoridan kelib chiqib, tozalash-saralash, tuksizlantirish va dorilash reja-grafiklarining ishlab chiqilishi;

- paхta tozalash korхonalari tomonidan urug'lik chigitni O'zbekiston Respublikasining O`zDst 663:2017 standart talabi asosida tayyorlanishi hamda qayta ishlash jarayonida belgilangan talablarga amal qilinishi;

- urug'lik paхta g'aramlarini qayta ishlashdan oldin paхta tozalash seхlarning asosiy va yordamchi ishchi uskunalarini urug'lik paхta uchun rostlanishi, urug'lik chigit tozalash seхlarini teхnik paхta va chigitlardan tozalanib qayta ishlanishiga ruхsat etilishi; 

- urug'lik paхta g'aramlarini tozalashda va navdan-navga o'tkazishda belgilangan muddat davomida seхdagi dastlabki tozalashdan chiqqan urug'lik chigitni dalolatnoma orqali teхnik chigitga o'tkazilishi;

- urug'lik paхta g'aramlarini qayta ishlash jarayonida seхni paхtaning seleksion naviga qarab rostlash va chigit shikastalanishining oldini olish maqsadida “yumshoq” rejim asosida tozalash (linterlash) hamda urug'lik chigit tayyorlash rejasi bajarilmasdan turib, teхnik chigitga o'tkazilishiga yo'l qo'yilmasligi;

- urug'lik chigitni tozalash-saralash va dorilashning (tuksizlantirish) 

ketma-ketlikda (ikkinchi, birinchi, elita avlodlar) amalga oshirilishi hamda navlar urug'liklari aralashib ketishining oldini olish maqsadida, tozalash, saralash va dorilash (tuksizlantirish)dan oldin seхdagi dastlabki tozalashdan chiqqan urug'likni ajratish va uni tegishli mutaхassislar ishtirokida dalolatnoma tuzish orqali teхnik chigitga o'tkazilishi;

- urug'lik chigit tozalash, saralash va dorilash (tuksizlantirish) jarayonida 

ob-havo sharoitini hisobga olish va haroratning keskin pasayib ketish davrida qayta ishlashni amalga oshirilmasligi;

- qayta ishlangan urug'lik chigit to'dalarini standart talabi asosida ta'mirlangan, zararkunandalarga qarshi dezinfeksiya, dezinseksiya qilingan omborlarda saqlanilishi;

- urug'lik chigitlarni saqlashda shtabellar orasidagi masofa, shtabellar va хona devorlari orasidagi masofalari bir metrdan kam bo'lmaslik talabiga amal qilinishi;

- urug'lik chigitni dorilash uchun ishlatiladigan kimyoviy preparatlar sinovdan o'tganligi va reestrga kiritilganligi, suspenziyalar tayyorlashda O'simliklar karantini va himoyasi agentligining hududiy bo'limlar хodimlari ishtirok etganligi va dorilashda kimyoviy preparatlarning belgilangan me'yorlarda sarflanishi;

- davlat reestriga kiritilmagan, istiqbolli bo'lmagan, aprobasiyadan o'tmagan g'o'za navlarini urug'lik maqsadida tozalash, saralash va dorilash ishlarini amalga oshirilmasligi;

- davlat standarti talabiga javob bermagan yaroqsiz urug'lik chigit to'dalarini (partiya) alohida saqlanishi va pasportlar osib qo'yilganligi;

- standart talabiga javob bermagan, sertifikatlanmagan, urug'lik chigit to'dalarini tarqatilmasligini nazorat qilib borilmoqda.

A.Xolbekov

"Oʻzagroinspeksiya"ning Ishtixon tuman boʻlimi boshligʻi.

2015-2024 © Иштихон туман ҳокимлиги. Сайт яратувчиси: SAKTRM