Ishtixon tumanida sugʼoriladigan yerlarning meliorativ holatini yaxshilash maqsadida amalga oshirilgan ishlar hamda kelgusida rejalashtirilgan tadbirlar to’g’risida

jpg jpeg gif png txt doc docx xls xlsx pdf ppt pptx pps ppsx odt ods odp mp3 mov mp4 m4a m4v mpeg avi ogg oga ogv weba webp webm

Ishtixon  tumanida sugʼoriladigan yerlarning meliorativ holatini yaxshilash maqsadida amalga oshirilgan ishlar hamda kelgusida rejalashtirilgan tadbirlar to’g’risida

MA’LUMOT

Samarqand viloyati Ishtixon tumanida jami 31494 ming.gektar sugʼoriladigan yerlar  maydonlari mavjud boʼlib, ushbu sugʼoriladigan yerlarning meliorativ holatini va yer osti sizot suvlarini barqaror saqlashda jami 390.4 km uzunlikdagi (shundan tumanlararo 43.2 km, xoʼjaliklararo    233.5 km, xoʼjalik ichki 113.4 km va 0.3 km yopiq-yotiq ) kollektor-drenaj tarmoqlari xizmat qilib kelmoqda.

Tumanda sugʼoriladigan yerlarning meliorativ holatini yaxshilash xamda yer osti sizot suvlari sathini maʼyoriy chuqurlikda ushlab turilishini taʼmirlash maqsadida 2018-2020 yillar davrida Davlat dasturi asosida 6 ta loyixa boʼyicha 215.5 km uzunlikdagi 3 mlrd 824.5 mln.soʼmlik meliorativ obʼektlarda rekonstruktsiya qilish va qurish hamda tizimli taʼmirlash tiklash ishlari amalga oshirildi. Buning natijasida tumanda 5172 gektar sugʼoriladigan yerlarning meliorativ holati yaxshilanishiga hamda 2019-2020 yilga nisbatan oʼrta va kuchsiz shoʼrlangan yerlarni  55  gektarga kamayishiga erishildi.

Tumanda joriy yilda ham sugʼoriladigan yerlarning meliorativ holatini yaxshilash va yer osti sizot suvlarini barqarorligini saqlash maqsadida Davlat dasturi asosida 1 ta loyiha boʼyicha 88.3 km uzunlikdagi 767.5 mln.soʼmlik meliorativ obʼektlarni taʼmirlash tiklash ishlari bajarilishi rejalashtirilgan boʼlib, joriy yilning 1 avgust holatiga 37.1 km uzunlikdagi 462.1 mln.soʼmlik taʼmirlash tiklash ishlari amalga oshirildi. Ushbu tadbirlar toʼliq amalga oshirilishi natijasida loyiha xududidagi 2120 gektar sugʼoriladigan yerlarning meliorativ holati yaxshilanishiga erishiladi.

Oʼzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020 yil 11 avgustdagi “Jizzax va Sirdaryo viloyatlarida suv resurslaridan samarali foydalanish va yerlarning meliorativ holatini yaxshilash bo‘yicha kechiktirib bo‘lmaydigan chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PQ-4801-sonli qarorining 7-bandida 2021 yildan boshlab irrigatsiya va melioratsiya obyektlarini qurish, rekonstruktsiya qilish hamda melioratsiya obʼektlarini taʼmirlash va tiklash boʼyicha ustuvor loyihalarni tanlash va amalga oshirish boʼyicha takliflar suv xoʼjaligi, qishloq xoʼjaligi, geologiya, yer tuzish va loyiha tashkilotlari mutaxassislari hamda mustaqil ekspertlar, shuningdek manfaatdor fermer va klasterlar ishtirokida joyida har bir hududning suv taʼminoti, yerlarning meliorativ holati va boshqa oʼziga xos xususiyatlarini inobatga olgan hamda muammolar tahlilini qilgan holda mahalliy davlat hokimiyati organlari bilan birgalikda shakllantirilishi, ustuvor loyihalar bo‘yicha takliflar viloyatlar va tumanlar xalq deputatlari Kengashlarida muhokama qilinadi va ma’qullangandan so‘ng belgilangan tartibda amalga oshirilishi va har bir loyihaning amalga oshirilishi holati tegishli xalq deputatlari mahalliy Kengashlaridagi partiya guruhlari tomonidan nazorat qilib borilishi belgilab berilgan.

Shunga asosan tumanda ishchi guruhlar tuzilib, ular tomonidan hududlardagi mavjud kollektor-drenaj tarmoqlariini va meliorativ obʼektlar holatini joyida oʼrganib chiqib, oʼrganish natijadlariga koʼra sugʼoriladigan yerlarning meliorativ holatini yaxshilash boʼyicha chora-tadbirlar ishlab chiqish maqsadida melioratsiya (kollektor-drenaj) tizimlari, ulardagi gidrotexnik inshoot, gidropost, kuzatuv tarmoqlari va meliorativ tik quduqlari joyida oʼrganilib, qayta hisobdan oʼtkazilib, ularning texnik holatlarini yangidan oʼrganib, nuqsonlar dalolatnomalarini sifatli tuzgan holda amalga oshirildi.

Shuningdek, yerlarning meliorativ holati va suv taʼminoti, suvdan foydalanish samaradorligi hamda paxta, gʼalla va boshqa ekinlar hosildorligi boʼyicha 2019-2020 yilning maʼlumotlarini hamda ekinlar hosildorligining pasayish sabablarini aniqlab, hududlardagi mavjud muammoli masalalarga kompleks va ilmiy asosda yondoshgan holda qoniqarsiz hududlar aniqlanib, bir loyiha asosida birlashtirilib, loyihalar shakllantirildi.

2022 yilda Davlat dasturi asosida meliorativ obʼektlarda rekonstruktsiya qilish va qurish hamda tizimli taʼmirlash tiklash ishlari bo’yicha 5.0 km uzunlikdagi Ishtixon tumanidagi "Qaychili Mexanizator",”Saritepa”,”M.Joraev” va “ Texnika Sardori” MMTP xududlarida kollektor tarmogini qurish 64.1 km uzunlikdagi kollektorini tizimli taʼmirlash va tiklash loyihalari tanlab olindi.

Ushbu tadbirlar amalga oshirilishi natijasida tumanda 1660 gektar sugʼoriladigan yerlarning meliorativ holatini yaxshilanishi koʼzda tutilgan.

 

2015-2024 © Иштихон туман ҳокимлиги. Сайт яратувчиси: SAKTRM