ISHTIXON TUMANIDA “14 – YANVAR VATAN HIMOYACHILARI KUNI”GA BAG’ISHLANGAN TADBIR TASHKIL ETILDI

jpg jpeg gif png txt doc docx xls xlsx pdf ppt pptx pps ppsx odt ods odp mp3 mov mp4 m4a m4v mpeg avi ogg oga ogv weba webp webm

ISHTIXON TUMANIDA “14 – YANVAR VATAN HIMOYACHILARI KUNI”GA BAG’ISHLANGAN TADBIR TASHKIL ETILDI 

Yurtimizning tinchligi, osmonimizning musaffoligi, oilamizning xotirjamligi, farzandlarimiz yuzlaridagi quvonchning barchasi vatan himoyachilarining mashaqqatli mehnatlari tufaylidir. Bugun sharafli vatanimizning qudratli armiyasi o’zining shonli 30 yillik tarixini zar varaqlarga muhrlamoqda.

Shu munosabat bilan harbiy xizmatchilar ishtirokida, “14 – yanvar vatan himoyachilari kuni”ga bag’ishlangan katta tadbir tashkil etildi.

Tadbir avvalida, vatanimiz madhiyasi yangragach, 02855-sonli harbiy qism askarlari tomonidan harbiy mahorat chiqishlari nomoyish etildi, harbiy orkestrlar tomonidan musiqalar ijro etildi. 

Shundan so’ng, tadbirni tuman hokimining birinchi o’rinbosari Sh.Ibragimov ochib berib, yurt fidoiylari bo’lgan harbiylarni, ularning oila a’zolarini bayram bilan chin dildan muborakbod etdi.

Tadbir so’ngida, harbiylar uchun maxsus qo’shiqlar guldastasi taqdim etilib, vatanimiz osoyishtaligi va farovonligiga o’zlarining munosib hissasini qo’shayotgan, xizmat vazifasini a’lo darajada uddalayotgan fidoiy harbiylarga faxriy yorliq va sovg’alar topshirildi.

2015-2024 © Иштихон туман ҳокимлиги. Сайт яратувчиси: SAKTRM