O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI MILLIY GVARDIYA QO’MONDONI O’RINBOSARI ISHTIXON TUMANIDA BO'LDI

jpg jpeg gif png txt doc docx xls xlsx pdf ppt pptx pps ppsx odt ods odp mp3 mov mp4 m4a m4v mpeg avi ogg oga ogv weba webp webm

Joriy yilning 10, 11, 12 – yanvar kunlari Respublika Milliy Gvardiya Qo’mondoni o’rinbosari S. Mamayusupov Ishtixon tumanida  amalga oshirilayotgan ishlar bilan tanishdi.\

S.Mamayusupovning tumanimizda mehmon bo’lishining boisi, hududlardagi tashkil etilgan ishlarning natijadorligini sektor kesimida tanqidiy baholab, ularni takomillashtirish bo’yicha tegishli chora – tadbirlarni belgilash, ijtimoiy – maishiy sohalarda aholining noroziligiga olib kelishi mumkin bo’lgan omillarni barvaqt aniqlash va bartaraf etish, shuningdek korrupsiyaga qarshi kurashish masalalariga alohida e’tibor qaratish, hududiy prokuratura va ichki ishlar organlari rahbarlari vazifasini bajaruvchi o’rinbosarlar tomonidan aholi osoyishtaligini ta’minlash bo’yicha viloyat, shahar, tuman darajasidagi “Yo’l xarita”larida belgilangan chora – tadbirlar ijrosini tashkil etish ahvolini o’rganib va bu borada ularning shaxsiy ma’suliyatini oshirishdan iboratdir.

Shu maqsadda tuman hokimining birinichi o’rinbosari Sh.Ibragimov va tuman prokurori o’rinbosari J.Xolmurodovlar hamrohligida, Mitan qo’rg’onchasida joylashgan “Dehqon bozor”ida bo’lishib, bozorda tashkil etilgan bugungi narx-navolar bilan yaqindan tanishdi. 

Shundan so’ng, ishchi guruh tumandagi tibbiyot birlashmasiga yo’l olishib, u yerdagi shifokor va bemorlar bilan suhbatda bo’ldi hamda tibbiyot birlashmasida tashkil etilgan har bir jarayonni ko’zdan kechirishdi.

So’ngra, ishchi guruh a’zolari tumandagi 8 – umumta’lim maktabiga tashrif buyurib, maktabning bugungi ta’lim tarbiya, o’quvchilar uchun yaratilgan sharoitlar, ularning odob-ahloqi bilan bog’liq ishlarni nazorat qilishdi. 

Mehmonlar, 1 - sektor hududidagi Xalqabod MFY binosida tashkil etilgan "Xalqabod tikuvchi qizlari" ishlab chiqarish kooperativida hamda hududdagi parrandachilik korxonalari va “Maroqand sifat tekstil” tikuv fabrikasida ham bo’lishib, u yerdagi jarayon hamda olib borilayotgan keng ko’lamli ishlar bilan batafsil tanishdi.

Ishtixon tuman hokimligi axborot xizmati 

 

2015-2024 © Иштихон туман ҳокимлиги. Сайт яратувчиси: SAKTRM