45 YIL OLDIN QURILGAN MAKTAB MUKAMMAL TA'MIRLANIB, 240 O‘RINLI QO‘SHIMCHA BINO QURILMOQDA
Thu, 29/07/2021 - 19:0745 YIL OLDIN QURILGAN MAKTAB MUKAMMAL TA'MIRLANIB, 240 O‘RINLI QO‘SHIMCHA BINO QURILMOQDA
Ishtixon tumanidagi 8-maktab binosi 1976-yilda qurilgan. Biroq joriy yilga qadar ta'mirga tushmagan. Maktabda o‘quvchi qamrovi ham me'yoridan ortib ketgan edi. Endi bu muammolar ortda qoldi. Maktabning 450 o‘rinli eski binosi mukammal ta'mirlanib, qo‘shimcha 240 o‘rinli bino qurilmoqda.
Tumandagi 35-maktabning 840 o‘rinli binosi ham 4 milliard 322 million so‘mdan ortiq mablag‘ evaziga mukammal ta'mirlanmoqda.