Hokim yordamchilari qanday vazifalarni bajaradi?
Tue, 01/02/2022 - 19:07“Otang ham onang ham mahalla” degan hikmatomuz so‘zlar bugun qanchalik to‘g‘ri va topib aytilganligi jamiyatda o‘z isbotini topmoqda. Mahalla fuqarolar yig‘ini odamlar kutganidek xalqimizga e’tibor, g‘amxo‘r, mehr ko‘rsatadigan va madad maskani hisoblanadi.
“Inson qadrini ulug‘lash va faol mahalla yili”da har bir mahallada tadbirkorlikni rivojlantirish, aholini ish bilan ta’minlash va kambag‘allikni qisqartirish masalalari bo‘yicha tuman va shahar hokimining yordamchisi lavozimi ta’sis etildi. Hokim yordamchilari—Prezidentning mahalladagi vakillaridir.