MADANIYAT MUASSASALARIDA QANDAY O`ZGARISHLAR AMALGA OSHIRILMOQDA?

jpg jpeg gif png txt doc docx xls xlsx pdf ppt pptx pps ppsx odt ods odp mp3 mov mp4 m4a m4v mpeg avi ogg oga ogv weba webp webm

Tumanda 10 ta madaniyat va san'at muassasalari mavjud bo'lib, shulardan  7 ta madaniyat markazi, 1 ta madaniyat va istirohat bog'i, 1 ta bolalar musiqa va san'at maktabi 1 ta tarixiy o'lkashunoslik muzeyi  aholiga beminnat xizmat ko`rsatmoqda.

Madaniyat markazlaridagi mavjud 30 ta to'garakda jami 312 nafar havaskorlar qamrab olingan. Shuningdek, 1 ta "Rohat" xalq ashula va raqs ansambli faoliyat olib borayotir.

O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020 yil 25 dekabrdagi "O'zbekiston yoshlar forumi"dagi ma'ruzasida berilgan topshiriq yuzasidan tumanimizda  madaniyat va san'at sohasida oliy ta'lim muassasalariga qamrovni oshirish maqsadida 5 nafar yoshlar madaniyat va san'at oliygohlarida mahalliy byudjet hisobidan o'qitilayapti. 

Tuman madaniyat bo'limi qoshidagi 5-son Madaniyat markazida "Qo'g'irchoq teatri" studiyasi jamoasi tashkil etildi va chekka hududlardagi yoshlar uchun qiziqarli spektakllar namoyishi yo'lga qo'yildi.

Madaniyat bo'limiga qarashli 1-son madaniyat markazida folklor-etnografik ansambli tashkil etilgan bo'lib, ansambl jamoasi festival va ommaviy tadbirlarda o`z dasturlari bilan ishtirok etmoqdalar.

 

Dilmurod ABDULLAYEV,

tuman madaniyat bo'limi madaniy-ma’rifiy

ishlar bo`yicha bosh mutaxassisi.

2015-2024 © Хокимият Иштыханского района. Разработан в: SAKTRM